O‘zbek tilidagi "Hammasi Bitta" yoki “Hammasi Birda” ifodasining qisqartmasi bo‘lgan Hambi foydalanuvchining aloqa operatori qanday bo‘lishidan qat’i nazar, barcha mobil aloqa foydalanuvchilariga uzluksiz va qulay tajribani tuhfa etadi. Ilova turli xil mahsulot va xizmatlarni o‘z ichiga olgan. Hambi Davo elektron tibbiy maslahat xizmatidan tortib, uchinchi tomon avtomobil sug‘urtasiga kirishni ta’minlaydigan Hambi Auto’gacha, superilova foydalanuvchilarga raqamli do‘kon, sayohat, ko‘ngilochar, televideniye, moliyaviy texnologiyalar (fintex) va o‘yin funksiyalarini taklif qiladi. Ilova Beeline Uzbekistan mijozlari uchun tariflar, internet-trafik, rouming va boshqa xizmatlarni boshqarish kabi o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatishning qulay imkoniyatlarini ham taqdim etadi.
Foydalanuvchilar har kuni ilovaga kirib, mobil internet paketlarini olishlari, chegirmalarga va bonuslarga ega bo‘lishlari mumkin. Hambi’dagi sun’iy intellektga asoslangan elementlarning rejadagi integratsiyasi platformada foydalanuvchi tajribasini shaxsiylashtirish imkonini beradi.
“Superilovalar VEON kompaniyasining “Raqamli Operator 1440” (DO1440) strategiyasining muhim elementi bo‘lib, mijozlarga kuniga 1440 daqiqa davomida raqamli xizmatlardan qulay foydalanish imkonini beradi. Bizning bozorlarimizda superilovalarimiz o‘z mijozlari uchun zarur bo‘lgan xizmatlarni, shu jumladan, mahalliy tillarda ilm olish va mijozlarga xizmat ko‘rsatish kabi funksiyalarda sun’iy intellektga asoslangan yechimlardan foydalanishni taklif qilmoqda.
Hambi bilan biz O‘zbekistonning mahalliy superilovasi orqali o‘z qiymatimizni oshirishdan va “Raqamli O‘zbekiston-2030” dasturini qo‘llab-quvvatlashdan faxrlanamiz”, — deya ta’kidlaydi VEON Group bosh direktori Kaan Terzioglu.
Hambi VEON kompaniyasining boshqa bozorlardagi superilovalar qatoriga qo‘shilmoqda. Bularga Bangladeshdagi MyBL, Pokistondagi Simosa va Qozog‘istondagi MyBeeline kiradi. Bu ilovalarning barchasi o‘z bozorlarida ta’lim, ko‘ngilochar o‘yinlar, mijozlarga xizmat ko‘rsatish va boshqa imkoniyatlarga raqamli darvoza vazifasini o‘taydi. Ular, shu jumladan, ko‘pincha kam resursli tillarda so‘zlashuvchi foydalanuvchilar uchun raqamli xizmatlardan foydalanish imkoniyatini oshirishga qaratilgan sun’iy intellektga asoslangan funksiyalarni o‘z ichiga oladi.
Beeline Uzbekistan jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan Hambi’ning joriy etilishi O‘zbekistonda VEON’ning KINOM ko‘ngilochar platformasining ishga tushirilishi bilan bog‘liq. KINOM teleko‘rsatuvlar va filmlarni, shu jumladan o‘zbek tilidagi kontentni taqdim etadi. Hambi va Kinom VEON’ning O‘zbekistonda raqamli xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha doimiy sa’y-harakatlarining ajralmas qismi hisoblanadi.
VEON haqida
VEON — 160 millionga yaqin mijozga konvergent aloqa va raqamli xizmatlarni taqdim etuvchi raqamli operator. Dunyo aholisining 7 foizidan ortig‘i yashaydigan oltita mamlakatda faoliyat yurituvchi VEON jismoniy shaxslarni qo‘llab-quvvatlaydigan va iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydigan texnologiyalarga asoslangan xizmatlar orqali hayot tarzini o‘zgartiradi. VEON Nasdaq va Euronext birjalarida ro‘yxatga olingan. Batafsil ma’lumot: www.veon.com
Beeline Uzbekistan
Unitel MChJ 2006 yilning 12 sentabridan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam (Niderlandiya) shahrida joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi. Top Employer 2024 sertifikatiga ega.
Beeline Uzbekistan’da 1,9 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1,4 milliard AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Unitel MChJ — O‘zbekistonning yirik soliq to‘lovchi kompaniyalaridan biri. Beeline SB O‘zbekistondagi faoliyati davomida 2 milliard dollardan ortiq soliq to‘langan.
Sayt: beeline.uz
Facebook: @beeline.uz
Instagram: @beeline_uzbekistan
Telegram: @beelineuzbekistan
Twitter: @beeline_uz
LinkedIn: @beeline-uzbekistan
Reklama