Poytaxt IIBB YHXB xabariga ko‘ra, 3 noyabr kuni soat 01:10 da Mirzo Ulug‘bek tumani, Qori Niyoziy ko‘chasi, 66-uy qarshisida 1987 yilda tug‘ilgan haydovchi D.U. (mast holda) boshqaruvidagi Lacetti va 1994 yilda tug‘ilgan S.X. boshqaruvidagi BMW to‘qnashgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
3 noyabr kuni soat 01:45 da Yunusobod tumani, Sharof Rashidov ko‘chasi, Mustaqillik maydoni qarshisida 2003 yilda tug‘ilgan haydovchi S.I. Lacetti avtomashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi beton ustunga to‘qnashgan.
YTH natijasida haydovchi tan jarohat olgan va shifoxonaga olib ketilgan.
3 noyabr kuni soat 02:00 da Sergeli tumani Mehrigiyo-Mirzo Tursunzoda ko‘chalari chorrahasida 2001 yilda tug‘ilgan haydovchi D.U. boshqaruvidagi Spark va 1997 yilda tug‘ilgan L.A. boshqaruvidagi Matiz to‘qnashgan.
Oqibatda Matiz avtomashinasining 2 nafar yo‘lovchisi shifoxonaga olib ketilgan.
Barcha holatlar yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.