Shofirkonda 9 yoshli qiziga jarohat yetkazgan onaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Jamiyat 10:41 / 04.11.2024 2927

Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida ona o‘z qiziga tan jarohati yetkazdi. Holat yuzidan Bolalar ombudsmani munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida holat 25 oktyabr kuni sodir bo‘lgani aniqlangan. 1990 yilda tug‘ilgan M.J. 2015 yilda tug‘ilgan qizi B.A.ning qo‘l va yuz qismiga oshxonada qizigan kapgirni bosgan. Oqibatda B.A.ga tan jarohati yetkazilgan.

Voyaga yetmagan qizga nisbatan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan. Hozirda B.A. tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilib, unga shifokorlar tomonidan zarur tibbiy muolajalar ko‘rsatilmoqda.

Qo‘shimcha qilinishicha, Shofirkon tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan onaga nisbatan Jinoyat kodeksining 126-1-moddasi (Oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: