Buxoroda noqonuniy ravishda 10 ming dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Buxoroda yer savdosi bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi.

Foto: Buxoro viloyati IIB
Buxoro viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro H.R. fuqaro R. ga Shofirkon tumani «Tezguzar» MFY hududida tomorqa xo‘jaligi uchun ajratilgan 16 sotix yer maydonini boshqa bir fuqaro N.ga tanishlari orqali uy-joy qurish uchun rasmiylashtirib berish evaziga 10 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Yana bir o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro X.J. boshqa bir fuqaro J.ning ishonchiga kirib, unga Buxoro shahri Alpomish ko‘chasida joylashgan 10 sotix bo‘sh yer maydonini uy-joy qurish uchun uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 35 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan ushbu fuqarolarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi va 28, 211-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

23:33 / 06.03.2025
Buxoroda sayyohlarga xizmat ko‘rsatuvchi turistik korxonalar soni 186 taga yetdi

16:25 / 05.03.2025
Buxoroda 20 yoshli yigitning ichidan 5 to‘g‘nog‘ich va 6 mix olib tashlandi

20:39 / 28.02.2025
Buxoroda 2,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan mayning ferma aniqlandi

10:51 / 22.02.2025