O‘zbekiston hududiga 5 noyabrdan sovuq va nam havo massalari kirib keladi

O‘zbekiston 18:11 / 04.11.2024 14035

5–8 noyabr kunlari O‘zbekiston hududiga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar qildi.

Ushbu kunlarda havo harorati asta-sekin pasayadi va 7–8 noyabrda kechalari 0…+5 darajani, ba’zi joylarda –3 darajani, kunduz kunlari +5...+10 darajani tashkil etadi.

Respublikaning ayrim hududlarida shamol tezligi 13–18 metr/sekundgacha, shimolda va cho‘l hududlarda 20–23 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

5–6 noyabr kunlari respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, tog‘larda qorga aylanadi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.

O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida 5–7 noyabr kunlari sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Respublika hududi bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: