O‘zbekistonga xorijdan kelgan sayyohlar soni ma’lum qilindi
Xorijiy sayyohlarning asosiy qismi qarindoshlarni yo‘qlash maqsadida kelgan.

Foto: Kun.uz
Statistika agentligi 2024 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonga kelgan xorijlik sayyohlar haqida ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, 2024 yilning 9 oyi davomida O‘zbekistonga jami 5,7 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda kelgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 825,8 ming nafarga yoki 16,8 foizga oshgan.
Safar maqsadlari kesimi quyidagicha bo‘lgan:
- qarindoshlarni yo‘qlash — 4,5 mln nafar;
- sayyohlik — 869,3 ming nafar;
- xizmat yuzasidan — 121,5 ming nafar;
- tijorat — 112,8 ming nafar;
- davolanish — 81,7 ming nafar;
- o‘qish — 17,6 ming nafar
Mavzuga oid

22:32 / 27.02.2025
Tailand hukumati mamlakatga keluvchi barcha sayyohlar uchun soliq joriy etadi

18:53 / 01.02.2025
Tailandda ichida sayyohlar bo‘lgan avtobus 15 metr balandlikdan tushib ketdi

16:08 / 31.01.2025
O‘zbekiston va Ozarboyjon ID-kartani o‘zaro tan olish masalasini muhokama qilmoqda

19:33 / 23.01.2025