Oktyabr oyida inflatsiya 1 foizdan past bo‘ldi

Iqtisodiyot 07:40 / 02.11.2024 1625

2024 yil oktyabr oyi yakuniga ko‘ra, O‘zbekistonda 0,84 foizlik rekord darajada past inflatsiya kuzatildi.

Statistika agentligi xabariga ko‘ra, yillik inflatsiya (2023 yilning oktyabriga nisbatan) 10,24 foizgacha pasaydi (bir oy avval bu ko‘rsatkich 10,46 foiz edi), yil boshidan beri esa (yanvar-oktyabrda) narxlar o‘rtacha 7,67 foizga oshdi. 

O‘tgan oyda oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rtacha 1,1 foizga oshdi (yillik hisobda 2,4 foizga). Nooziq-ovqat tovarlari 0,7 foizga (8,1 foiz), pulli xizmatlar narxlari 0,8 foizga (28,7 foiz) qimmatladi.

Go‘sht narxining o‘sishi sekinlashdi: suyakli mol go‘shti 0,8 foizga (sentabrda 3,1 foizga, avgustda 5,3 foizga oshgandi), qo‘y go‘shti esa 1,2 foizga (sentabrda 2,8 foiz, avgustda 4,9 foiz). Yil boshidan buyon mol go‘shti 11,7 foizga, qo‘y go‘shti 12,3 foizga qimmatladi.

Tuxum yana 1 foizga (yillik hisobda 22,9 foizga arzonladi), kungaboqar yog‘i 2,3 foizga (yil davomida +3,4 foiz), sut 0,9 foizga (+4,2 foiz) qimmatladi. Shakar 1,2 foizga (yil davomida +2,7 foiz), guruch 2,9 foizga (+0,4 foiz), un 0,2 foizga (-2,6 foiz) arzonladi.

Ketma-ket ikkinchi oy ijara haqi 1 foizdan ko‘proqqa oshishi kuzatilmoqda. Oktyabr oyida respublikada uy-joy ijarasi o‘rtacha 1,9 foizga qimmatladi.

Dori-darmonlar narxi o‘sishda davom etmoqda, oktyabr oyida bu ko‘rsatkich yana 1,2 foizga oshdi (yil boshidan buyon 25,4 foizga).

Ko‘proq yangiliklar: