Chorsu maydoni rekonstruksiya qilinadi, loyiha 170 mln dollardan ziyodga baholandi

O‘zbekiston 17:29 / 02.11.2024 8355

Chorsu maydonini rekonstruksiya qilish bo‘yicha yakuniy loyiha taqdim etildi. Bu haqda jamoatchilik vakillari Toshkentda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilinganini yozmoqda.

Qayd etilishicha, loyiha Germaniyaning Tchoban Voss Architekten kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Uning doirasida Chorsu maydonida yangi mehmonxona, biznes markaz va turar joy binolari barpo etiladi. Qurilish ishlari 2025 yilda boshlanib, 2029 yilgacha yakunlanishi rejalashtirilgan. Loyiha qiymati 170 million AQSh dollaridan ortiq deb baholangan.

Ta’kidlanishicha, rekonstruksiya jarayonida 1982 yilda qurilgan va uzoq vaqt tashlandiq bo‘lib qolgan “Chorsu” mehmonxonasi binosi buziladi.

2024 yilning texnik ekspertizasiga ko‘ra, binoning temir-beton konstruksiyalari jiddiy shikastlangan va rekonstruksiya qilishga yaroqsiz deb topilgan”, – deyiladi xabarda.

Yangi quriladigan majmua Chorsuning umumiy me’moriy shakl-shamoyilini saqlab qolgan holda shaharning muhim arxitektura markazlaridan biriga aylanishi aytilmoqda. Yangi majmuada zamonaviy ofislar, mehmonxonalar va turar joy binolari bilan birga “Chorsu” mehmonxonasiga bag‘ishlangan kichik muzey ham ochilishi rejalashtirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: