Avtotransportning vazni va hajmi ustidan nazorat xususiy sektorga o‘tkaziladi

O‘zbekiston 07:43 / 02.11.2024 2790

Vazirlar Mahkamasining «Avtomobil yo‘llari bo‘ylab katta hajmli va og‘ir vaznli avtotransport vositalarining harakatlanish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Hujjatga ko‘ra:

  • avtomobil yo‘llarida vazn va hajm parametrlari nazorati bo‘yicha zamonaviy o‘lchov vositalari bilan jihozlangan statsionar va ko‘chma shoxobchalar o‘rnatilib, ularni ishlatishga xususiy sektor jalb qilinadi;
  • shoxobchalar auksion orqali tadbirkorlik sub’yektlariga 20 yil muddatga ijara asosida va boshqa shaxslarga o‘tkazish xuquqi bilan beriladi.

Qaror bilan Avtomobil yo‘llarida og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha statsionar va ko‘chma shoxobchalarni tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Elektron onlayn auksion savdolariga qo‘yish uchun o‘lchov-nazorat shoxobchalari o‘rnatiladigan joylarning minimal qiymati (boshlang‘ich narxi):

  • xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘llarida – BHMning 50 baravari;
  • davlat ahamiyatidagi avtomobil yo‘llarida – BHMning 40 baravari;
  • mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo‘llarida – BHMning 30 baravari miqdorida belgilanadi. 

Dastlabki ikki yil davomida mazkur shoxobchalar orqali qayd etilgan huquqbuzarliklar uchun jarimalar summasidan tushgan mablag‘larning 40 foizi tadbirkorlik sub’yektlari hisobiga yo‘naltiriladi. Keyinchalik ushbu summa 30 foizni tashkil etadi.

Ko‘proq yangiliklar: