Yevropadagi qurol ishlab chiqaruvchilar mablag‘ yetishmasligidan shikoyat qilmoqda

Jahon 08:44 / 01.11.2024 1898

Yevropadagi kichik va o‘rta mudofaa kompaniyalari Ukrainadagi urush va boshqa mojarolar tufayli talab ortib borayotgan bo‘lsa ham, innovatsiyalar va ishlab chiqarish liniyalarini kengaytirish uchun zarur bo‘lgan moliyalashtirishga erisha olmayapti, deb xabar berdi Reuters 31 oktyabr, payshanba kuni. U o‘nga yaqin kompaniyalar, hukumat amaldorlari va mudofaa sohasi ekspertlari bilan suhbatlashdi va ularning barchasi Yevropa hukumatlari kichik biznes uchun moliyalashtirish imkoniyatlarini yaxshilash yo‘llarini ko‘rib chiqishlari kerak degan fikrga kelishdi.

Hukumat mablag‘laridan foydalana olmaslik, byurokratik to‘siqlar va banklarning ekologik, ijtimoiy va boshqaruv (ESG) mezonlarini buzish qo‘rquvi tufayli kredit berishni istamasligi Yevropada kichik va o‘rta mudofaa biznesining rivojlanishiga to‘sqinlik qilmoqda, deydi suhbatdoshlar. «So‘nggi paytlarda mudofaa va xavfsizlik sanoati duch kelgan muammolarning aksariyati mavjud bo‘lib qolmoqda yoki hatto yomonlashmoqda», dedi Chexiya Mudofaa sanoati uyushmasi prezidenti Irji Ginek Reuters agentligiga.

GFR kansleri — Hindistonga qurollar eksportini oshirish tarafdori

Germaniya kansleri Olaf Shols huquq himoyachilarining ushbu mamlakatdagi inson huquqlari holati hamda Hindistonning yadroviy davlatlar Pokiston va Xitoy bilan ziddiyatlari haqidagi tanqidlariga qaramay, Germaniyadan Hindistonga qurol yetkazib berish hajmini oshirish niyatida, deb yozadi dpa agentligi 27 oktyabr kuni.

Bir kun avval Germaniya hukumati rahbari Hindistonga uch kunlik tashrifini yakunladi. Uning natijalariga ko‘ra, Shols «Hindiston bilan qurol-yarog‘ sohasida hamkorlik kelajakda yanada muhimroq rol o‘ynashini ta’kidladi». U mamlakatga nemis qurollarini yetkazib berishni kengaytirish niyatini «pragmatik siyosat» va yadroviy davlatning «suvereniteti va mustaqilligini» mustahkamlash istagi bilan izohladi.

26 oktyabr kuni Shols Germaniya harbiy-dengiz kuchlarining Frankfurt am Main ta’minot kemasida xizmat qiluvchi dengizchilar bilan uchrashdi, u hozirda Hindiston-Tinch okeani mintaqasida, Baden-Württemberg fregati bilan birga bo‘lib turibdi.

Ko‘proq yangiliklar: