Ukraina Xitoy va Braziliya tashabbuslarini ko‘rib chiqishi mumkin

Jahon 08:51 / 01.11.2024 4300

Ukraina Xitoy, Braziliya va boshqa mamlakatlarning muqobil tinchlik tashabbuslarini ko‘rib chiqishi mumkin. Ular Ukraina tinchlik formulasiga kiritilishi mumkin.

Bu haqda Ukraina OAV prezident devoni rahbari Andrey Yermakning Corriere Della Sera nashriga bergan intervyusiga asoslanib xabar qildi.

Unga ko‘ra, noyabr oyi boshida Ukraina tinchlik formulasini yakunlaydi. Yermak muqobil tinchlik tashabbuslari ko‘rib chiqilishi mumkinligini istisno etmadi.

"Noyabr oyi boshida biz tinchlik formulamizni yakunlaymiz va Zelenskiy keyin Xitoy, Braziliya, Janubiy Afrika va shunga o‘xshash tashabbuslarni biznikiga integratsiya qilish uchun tinglashga tayyorligini aytdi. O‘shanda bizning taklif sezilarli darajada qo‘llab-quvvatlanadi", — dedi PD rahbari.

"Biz Rossiya bilan muzokaralar uchun Global Janubning kuchi va qo‘llab-quvvatlovini his qilganimizda xalqaro konferensiya o‘tkazishga tayyor bo‘lamiz", — deya qo‘shimcha qildi u.

Prezident devoni rahbari ikkinchi tinchlik sammiti kelasi yilga ko‘chirilishi mumkinligini tasdiqlamadi. Uning ta’kidlashicha, sammit "tegishli sharoitlar mavjud bo‘lganda" o‘tkaziladi.

Ko‘proq yangiliklar: