Shavkat Mirziyoyev xalq vakili maqomiga ega bo‘lgan barcha fuqarolarni tabrikladi

O‘zbekiston 12:20 / 01.11.2024 1180

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Navoiy viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Davlat rahbari avvalo 27 oktyabrda mamlakatda bo‘lib o‘tgan parlament saylovi borasidagi fikrlarini aytdi.

Qayd etilganidek, ushbu saylov Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida amalga oshirayotgan tub islohotlar samarasini o‘zida yaqqol aks ettirdi, demokratik taraqqiyotni yorqin ifodasi sifatida hayotimizda o‘chmas iz qoldirdi.

Prezident ko‘p millatli xalqqa saylovlarda yuksak siyosiy madaniyat va faollik ko‘rsatib, fuqarolik burchini mas’uliyat bilan ado etgani uchun samimiy minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, xalq vakili degan yuksak maqomga ega bo‘lgan barcha yurtdoshlarni chin qalbdan tabrikladi.

Saylovlar natijasida yurtda huquq va vakolatlari sezilarli darajada kuchaygan yangi vakillik organlari tizimi ham shakllangani ta’kidlandi.

Ko‘proq yangiliklar: