Nemis tilidagi eng uzun so‘z 67 harfdan iborat ekani ma’lum bo‘ldi

Jahon 21:37 / 01.11.2024 23699

Nemis tilining Duden lug‘ati «bahaybat so‘zlar» ro‘yxatini yangiladi. Odatda ular orasida yuridik va ma’muriy atamalar ko‘p uchraydi. Bu safar mutaxassislar so‘nggi o‘n yil ichida kamida besh marta ommaviy axborot vositalarida paydo bo‘lgan uzun so‘zlarni o‘rganishdi.

Birinchi o‘rinda Grundstücksverkehrsgenehmigungszuständigkeitsübertragungsverordnung so‘zi qayd etildi. U 67 harfdan iborat bo‘lib, «yer uchastkasi bitimini tuzishda yurisdiksiyani o‘tkazish qoidasi», deb tarjima qilinadi.

Undan keyingi o‘rinlarni 58 harfli Llanfairpwllgwyngyllgogerychwyrndrobwllllantysiliogogogoch (Uels shimoli-g‘arbiy qismidagi Englsi oroli jamoasi) va Straßenentwässerungsinvestitionskostenschuldendienstumlage (yo‘l drenajiga investitsiyalar uchun qarzga xizmat ko‘rsatish ajratmalari) egalladi.

Ginnes rekordlar kitobiga ko‘ra, rus tilidagi eng uzun so‘z 35 harfdan iborat — «prevysokomnogorassmotritelstvuyushchiy».

Google ma’lumotlariga ko‘ra, o‘zbek tilidagi eng uzun so‘z 36 harfdan iborat – «Mexanizatsiyalashtirilmaganligidandirda».

Ko‘proq yangiliklar: