Kichik GESlar “sanoat ipotekasi” asosida tadbirkorlarga beriladi 

O‘zbekiston 12:40 / 01.11.2024 2426

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Navoiy viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Prezident mahalliylashtirish masalasida mutasaddilar korxonalar bilan yaqindan hamkorlik qilishi zarurligini ko‘rsatib o‘tdi.

Tadbirkorlarga kerakli standartlar yetkazilsa, import bo‘layotgan mahsulotlarni bemalol chiqarish mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi. Minglab ish o‘rni ham yaratiladi.

Daryo, soy va kanallarni betonlash, kichik GES qurishga ham xususiy sektorni faol jalb qilish muhimligi ta’kidlandi. 

Kichik GESlar “sanoat ipotekasi” asosida tadbirkorlarga beriladi. Bu suv bo‘ylarida zamonaviy savdo va servis obektlari ham tashkil qilinadi. Bu Navoiy tajribasi bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: