«Biz uchun qiziqligi uning qaysi narxda kirib kelishi» – MB raisi energetika resurslari importida Rossiyaga qaramlik haqida

O‘zbekiston 11:26 / 01.11.2024 5693

Kelgusi yilda energetika resurslari narxlarning qimmatlashishi umumiy inflatsiyaga 1,5-1,8 punktga ta’sir qilishi mumkin. Bu haqda MB raisi Mamarizo Nurmurodov 31 oktabr kungi matbuot anjumanida aytib o‘tdi. 

Regulyator raisiga gaz, neft kabi mahsulotlarni import qilishda Rossiyaga qaramlikning oshib borayotgani va buning ichki bozordagi narxlarga ta’siri qanday bo‘lishi haqida savol berildi.

«May oyida energiya resurslar narxlari oshirilishining inflatsiyaga ta’sirini 4,2 foiz kutgan edik, amalda 3,9 foiz bo‘ldi. Kelgusi yilda narxlarning oshishi 1,5-1,8 punktga ta’sir qilishini inobatga olyapmiz.

Importning bitta davlat yoki boshqa davlatga bog‘liqligiga keladigan bo‘lsak, biz uchun qiziqligi uning qaysi narxda kirib kelib, ichki bozorda qanaqa narxda shakllanishi. Ha, albatta, savolingiz to‘g‘ri va o‘rinli. Bitta yetkazib beruvchi bilan bog‘liqlik ma’lum jihatdan logistikada yoki boshqa joydagi uzilishlar ichki bozordagi narxlarga ta’sir qiladi. Biz bu kabi xatarni inobatga olishga harakat qilganmiz. Hukumatga ham import parametrlari shakllanayotganda qarashlarimiz va fikrlarimizni kiritganmiz. Albatta, bitta sub’yektga bog‘lanish ma’lum bir xatarlarni tug‘diradi, bu bor narsa», dedi Mamarizo Nurmurodov.

Avvalroq, joriy yilning 9 oyida O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 11,3 mlrd dollarga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 34,8 foizga ko‘paygani xabar qilingandi.

 

Ko‘proq yangiliklar: