Toshkentda "Ipak yo‘lida turizm" xalqaro sayyohlik yarmarkasi o‘tkaziladi

O‘zbekiston 09:31 / 31.10.2024 722

Xitoy nashrlari yozganidek, bu yil Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasi ilk bor CAEx (Central Asian Expo Uzbekistan) xalqaro ko‘rgazmalar markazida tashkil etiladi.

Ta’kidlanishicha, TXTYa eng yirik axborot tadbiri bo‘lib, turizm mahsulotlarini targ‘ib qilish va hamkorlik uchun ishbilarmonlik aloqalari o‘rnatishga yordam beradi. So‘nggi o‘ttiz yillikda TXTYa turizm sohasidagi eng qiziqarli tadbirlardan biri sifatida o‘zini namoyon qildi va har yili "BMT Turizm" tashkiloti rasmiy ko‘magida o‘tkaziladigan Markaziy Osiyodagi eng yirik tadbir hisoblanadi.

Bu yil yarmarka butun dunyodan sayyohlik biznesi mutaxassislarini birlashtiradi va ko‘p jihatdan yetakchi turizm hamda transport kompaniyalari, yirik mehmonxona tarmoqlari, diplomatik korpuslar, turizm sohasidagi ta’lim muassasalari, shuningdek, MICE turizm vakillari uchun foydali bo‘ladi.

Nashrlarda bu yil Xitoy Madaniyat va turizm vazirligi TXTYada milliy pavilon bilan ishtirok etishi xabar qilingan. "Ularning "TXTYa-2024" ko‘rgazmasida ishtirok etishi turizm va madaniyat sohasidagi xalqaro hamkorlikning ahamiyati ortib borayotganini ta’kidlaydi, shuningdek, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi madaniy va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash uchun yangi imkoniyatlar ochadi", – deyilgan manbalarda.

Maqolalar yakunida "O‘zbekistonda so‘nggi yillarda turizm sohasida amalga oshirilgan islohotlar mamlakatga yirik kompaniyalarni jalb qilish, sayyohlar sonini ko‘paytirish, shuningdek, turistik xizmatlarning barcha turlariga talabni oshirishga xizmat qildi", – deb yozgan Xitoy OAV.

Ko‘proq yangiliklar: