Texnik jihatdan tartibga solish agentligi Britaniya grantlarini jalb etadi

O‘zbekiston 09:33 / 31.10.2024 593

Bosh Assambleya doirasida Agentlik rahbariyati Britaniya standartlar instituti vakili Ping Yu bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda O‘zbekiston va Britaniya standartlashtirish sohasida hamkorlik munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari, aloqalar ko‘lamini kengaytirish, tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish, sohaga axborot texnologiyalarini joriy etish, standartlar tarjimasi, Britaniya hukumati va xalqaro grantlarni jalb etish va respublika kadrlarini tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar davomida mamlakatlar o‘rtasida texnik tartibga solish, standartlashtirish sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Standartlashtirish, mahsulotlar, jarayonlar va xizmatlarni sertifikatlash, menejment tizimlarini sertifikatlash, trening va o‘quv kurslari, savdoda texnik to‘siqlarni qo‘llash bo‘yicha kelishuv va Jahon savdo tashkilotining axborot markazini boshqarish kabi mavzularga alohida e’tibor qaratildi.

Ko‘proq yangiliklar: