Qozog‘iston parlamenti Qozog‘iston va O‘zbekistonning ekologik tashabbuslari to‘g‘risidagi hujjatni ma’qulladi

O‘zbekiston 13:27 / 31.10.2024 1584

Bu haqda Kazinform xalqaro axborot agentligi ma’lum qildi. Ushbu bitim 2022 yil 22 dekabrda Toshkent shahrida imzolangan. Bitim Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish hamda tegishli ravishda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan.

Mazkur hujjat doirasida atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish va nazorat qilish, suv ifloslanishining oldini olish, biologik xilma-xillikni saqlash, ekotizimni degradatsiyadan himoya qilish va qum bo‘ronlarining oldini olish va boshqa masalalar hisobga olinadi.

Bundan tashqari, bitim Orol havzasidagi ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar ishlab chiqishni nazarda tutadi. Mazkur xalqaro hujjat doirasida atrof-muhit monitoringi sohasida qo‘shma ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha qo‘shma konferensiyalar, davra suhbatlari, uchrashuvlar, shuningdek, ishchi guruhlarni o‘tkazish rejalashtirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: