O‘zbekistonda Yaponiya bilan hamkorlikda xalqaro universitet ochiladi

O‘zbekiston 08:35 / 31.10.2024 833

28 oktyabr kuni oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov va Yaponiyaning Tsukuba universiteti rektori Nagata Kyosuke O‘zbekistonda Yaponiya ta’lim dasturlari asosida xalqaro universitet tashkil etishga kelishib oldi

Yig‘ilishda bo‘lajak universitetning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh tuzishga qaror qilindi.

Nagata Kyosuke Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov bilan ham uchrashdi. Yangi universitet uchun qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, ommabop yo‘nalishlar bo‘yicha kadrlar tayyorlashda yangi texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, bo‘lajak universitet faoliyatini bosqichma-bosqich kengaytirish masalalari muhokama qilindi. 

Tomonlar loyihani amalga oshirish uchun zarur choralarni ko‘rishga tayyor ekanini bildirdi.

Ko‘proq yangiliklar: