Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Misrning «to‘rt asirni ozod qilish evaziga 48 soatlik otashkesim» taklifi Isroilga rasman taqdim etilmaganini aytdi. Uning ta’kidlashicha, agar shunday taklif bildirilsa, u darhol rozi bo‘ladi.
Isroil hukumati matbuot xizmatiga ko‘ra, «Likud» partiyasi fraksiyasi yig‘ilishida Netanyahu Misr taklifi haqidagi ma’lumotlar ularga yetib kelmaganini ta’kidlagan.
Matbuot bayonotida Misrning ikki kunlik vaqtinchalik sulhning 10 kun ichida muzokaralar yo‘li bilan doimiy sulhga aylantirilishi haqidagi taklifiga izoh berilmagan.
Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi G‘azoda saqlanayotgan to‘rt nafar isroillik asirni ba’zi falastinliklar bilan almashish uchun ikki kunlik o‘t ochishni to‘xtatishni taklif qilganini aytdi.
«Keyingi 10 kun ichida vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatishni doimiy kelishuvga aylantirish bo‘yicha muzokaralar olib boriladi», — dedi as-Sisi.