AQSh Xitoyni KXDR askarlari Rossiyadan olib chiqib ketilishiga erishishga chaqirdi

Jahon 11:18 / 31.10.2024 3057

Qo‘shma Shtatlar Xitoyni Rossiya Federatsiyasida joylashgan Shimoliy Koreya qo‘shinlarini doimiy joylashtirish joylariga qaytarishga erishishga chaqirdi. Vashington Xitoy hukumatidan aloqalarni davom ettirayotgan Shimoliy Koreya rahbariyatiga bosim o‘tkazishni so‘radi, deb xabar berdi CNN 30 oktyabr, chorshanba kuni nomi oshkor etilmagan amerikalik rasmiylarga tayanib.

Ulardan birining aytishicha, AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jyeyk Sallivan ham Shimoliy Koreya qo‘shinlarining Rossiyaga yuborilishi bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan bir qator boshqa davlatlarni Pekin bilan bog‘lanishga ko‘ndirish haqida ko‘rsatma bergan. Biroq CNN suhbatdoshlari G‘arb rasmiylari bu masala bo‘yicha «Xitoy Shimoliy Koreyaning rejalariga xalaqit berishi yuzasidan optimistik kayfiyatda emasligini» tan olgan.

Osiyo OAV: KXDRdan qochgan 200 kishi Ukrainaga yordam berishga tayyor

Janubiy Koreyada yashovchi shimoliy koreyalik qochqinlar, agar ular Ukrainadagi frontga o‘tkazilsa, Shimoliy Koreya harbiy xizmatchilariga ta’sir o‘tkazib, Ukraina armiyasiga yordam berishga tayyor. Hongkongning South China Morning Post gazetasi seshanba kuni xabar berishicha, 200 ga yaqin qochqinlar guruhi «sobiq safdoshlariga qarshi psixologik urush kampaniyasini boshlash uchun Ukrainaga bormoqchi».

Gap armiyada 7 yildan 9 yilgacha xizmat qilgan, tajribaga ega sobiq KXDR harbiylari haqida bormoqda. Ular o‘zlarining ichki bilimlaridan shimoliy koreyaliklarning psixologik zaifligidan foydalanish, ularni tartibsizlantirish va Ukrainadagi frontga jo‘natishsa, ruhiyatini buzish uchun ishlatmoqchi.

Ko‘proq yangiliklar: