SAIF PROFACE xususiy klinikasi yuz-jag‘ jarrohligi va stomatologiyaga ixtisoslashgan bo‘lib, zamonaviy uskunalar yordamida xizmat ko‘rsatiladi.
Klinikadagi yuz-jag‘ jarrohligi bo‘limi zamonaviy texnologiyalar bilan to‘liq jihozlangan, statsionar davolash uchun barcha sharoitlar yaratilgan. VIP xonalar, yuqori texnologiyali ikkita operatsion stol va maxsus reanimatsiya bo‘limi orqali bemorlarga xizmat ko‘rsatadi. Bo‘limning asosiy vazifasi — yangi va eski travmalar oqibatida yuzaga kelgan deformatsiyalarni muvaffaqiyatli davolashdan iborat.
SAIF PROFACE klinikasi zamonaviy texnik anjomlar bilan to‘liq jihozlangan bo‘lib, yuz-jag‘ sohasida 15 turdan ortiq murakkab operatsiyalarni o‘tkazish imkoniyatiga ega. Klinikada turli travma va patologiyalarni davolash uchun og‘iz ichidan kesmasiz, chandiq qoldirmasdan jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, operatsiyalarning bir qismi Moskvaning yuz-jag‘ jarrohligi ilmiy markazi mutaxassislari ishtirokida amalga oshiriladi, bu esa xizmatlar sifatini yanada oshiradi.
“Klinikamiz zamoniviy texnik anjomlar bilan jihozlangan bo‘lib, yuz-jag‘ sohasidagi murakkab operatsiyalarni o‘tkazishga mo‘ljallangan. Bemorlarni sifatli davolash uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Birinchi navbatda yuz-jag‘ sohasining ko‘p sonli jarohatlari, yuz-jag‘ sohasi suyak plastik operatsiyalari hamda yuz-jag‘ sohasi onkologik kasalliklarini zamonaviy usulda, og‘riqsiz kesmalar bilan davolash yo‘lga qo‘yilgan. Asosiy operatsiyalarimiz chandiqsiz, kompyuter modellashtirish asosida aniq hisob-kitoblar bilan amalga oshiriladi. Klinikamizda murakkab operatsiyalarni Moskva shahridagi yuz-jag‘ jarrohligi markazidagi ustozlar bilan birga tashkil qilamiz”, - deydi klinikaning yuz-jag‘ jarrohi Akmal Hakimov.
Shu bilan birga, markazda yuz-jag‘ sohasidagi o‘smalarni olib tashlash, rekonstruktiv-plastik operatsiyalar o‘tkazish, yuzdagi estetik nuqsonlarni mikrojarrohlik usullaridan foydalanib bartaraf etish kabi kompleks davolash xizmatlari mavjud. Klinikada, shuningdek, kelgusida bolalar yuz-jag‘ jarrohligi yo‘nalishini rivojlantirish, bolalardagi tug‘ma nuqsonlarni davolash dasturlari kengaytirilishi rejalashtirilgan.
Klinikadagi stomatologiya bo‘limi esa keng qamrovli xizmatlar majmuasini o‘z ichiga oladi: tishlarni davolash, terapiya, tish protezlash, breketlar o‘rnatish va jarrohlik amaliyotlari. Murakkab tish olib tashlash operatsiyalari, tish implantatsiyasi va suyak-plastik amaliyotlar orqali bemorlarga nafaqat funksional, balki estetik jihatdan mukammal natijalar taqdim etiladi. Bolalar stomatologiyasi bo‘limida esa kichik bemorlar uchun maxsus sharoitlar yaratilgan bo‘lib, sedatsiya va narkoz yordamida davolash ishlari amalga oshiriladi.
Ochilish marosimi davomida mehmonlar klinikaning keng imkoniyatlari va zamonaviy texnologiyalari bilan yaqindan tanishdi. Taniqli mutaxassislar tomonidan zamonaviy davolash texnikalari, yangi usullar va klinikada yo‘lga qo‘yilgan innovatsion xizmatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. SAIF PROFACE klinikasi bemorlarga nafaqat tibbiy xizmatlar, balki zamonaviy davolash usullariga asoslangan innovatsion yondashuvni ham taqdim etadi.
SAIF PROFACE
Murojaat uchun: +998884307000