Markaziy Osiyoda yerusti transportini mustahkamlash to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi

O‘zbekiston 08:55 / 30.10.2024 1077

2023 yil 14 sentabr kuni Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvida imzolangan Markaziy Osiyoda yerusti transporti o‘zaro bog‘liqligini mustahkamlash to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.

Transport vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin belgilangan tartibda uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi.

Hujjat mintaqa mamlakatlari o‘rtasida transport va logistika sohasida mustahkam aloqalarga erishishga qaratilgan.

Ko‘proq yangiliklar: