3 yoshli bolaning qotili Jinoyat kodeksining 5 ta moddasi bilan ayblanmoqda

Jamiyat 11:45 / 30.10.2024 23107

Oliy sud matbuot xizmatlarining ma’lum qilishicha, tarmoqlarda tarqalayotgan “3 yoshli bolaning qotili umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi” kabi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, 2021 yilda tug‘ilgan S.S.ning qasddan o‘ldirilganligi holati yuzasidan Yashnobod tuman prokuraturasi tomonidan S.M.ga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari yakunlandi.

Tergov natijasiga ko‘ra, S.M.ga JKning 97-moddasi 2-qismi “v, j” bandlari, 25,97-moddasi 2-qismi “b,v,g,j,r” bandlari, 219-moddasi 2-qismi, 251-1-moddasi 2-qismi hamda 251-1-moddasi 3-qismi bilan ayblov e’lon qilinib, 23 oktyabrda sudga yuborildi”, — deyiladi Kun.uz'ga taqdim qilingan ma’lumotda.

Oliy sudga ko‘ra, 1993 yil Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan S. M.ga oid jinoyat ishi Toshkent shahar sudiga 29 oktabr kuni kelib tushgan bo‘lib, ayni paytda mazmunan ko‘rib chiqish uchun rasmiylashtirilmoqda.

Joriy yil 9 iyul kuni Yashnobod tumanidagi ko‘p qavatli uyda ijarada yashab kelayotgan 30 yoshli erkak birga yashab kelgan ayoli bilan janjallashib qolgani, oqibatda erkak ayolning birinchi turmushidan bo‘lgan 2021 yilda tug‘ilgan o‘g‘il farzandiga pichoq bilan bir necha marotaba tan jarohatlari yetkazgan edi. Qotil hodisa joyidan yashiringan, bola esa shifoxonaga olib kelingunga qadar vafot etgan.

Ko‘proq yangiliklar: