«2025 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida»gi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Qonun loyihasiga ko‘ra, budjet daromadlari 308,5 trln so‘m, xarajatlari esa (budjetlararo transfertlarni inobatga olmagan holda) 290,2 trln so‘m miqdorida belgilangan. Taqchillik chegarasi – 49,3 trln so‘m yoki YaIMga nisbatan 3 foiz.
2025 yilda olinadigan davlat tashqi qarzining cheklangan miqdori – 5,5 mlrd dollar. Shundan 3 milliardi davlat budjetini qo‘llab-quvvatlashga, 2,5 milliardi investitsiya loyihalariga yo‘naltiriladi. O‘zbekiston Respublikasi nomidan 30 trln so‘mlik davlat qimmatli qog‘ozlari chiqarilishi ko‘zda tutilmoq da.
2025 yilda yalpi ichki mahsulot 1 kvadrillion 630 trillion so‘mdan oshishi kutilmoqda. YaIM o‘sishi 2025 yilda 6 foiz, 2026 yilda 6,1 foiz, 2027 yilda 6,3 foiz bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
Hujjatga ko‘ra, 2025 yilda inflatsiya darajasi 7 foiz atrofida shakllanishi mo‘ljal qilinmoqda.
- Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi — 59,46 trln so‘m (46,6 trln so‘m);
- Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi — 6,27 trln so‘m (6,1 trln so‘m);
- Sog‘liqni saqlash vazirligi — 5,09 trln so‘m (4,6 trln so‘m);
- Madaniyat vazirligi — 1,17 trln so‘m (1,1 trln so‘m);
- Sport vazirligi — 1,13 trln so‘m (1,8 trln so‘m);
- Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi — 1,99 trln so‘m (1,8 trln so‘m);
- Qishloq xo‘jaligi vazirligi — 1,79 trln so‘m (1,7 trln so‘m);
- Suv xo‘jaligi vazirligi — 10,4 trln so‘m (10,4 trln so‘m);
- Energetika vazirligi — 123 mlrd so‘m (242 mlrd so‘m);
- Transport vazirligi — 6,71 trln so‘m (6,2 trln so‘m);
- Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi — 927,1 mlrd so‘m (883 mlrd so‘m);
- Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi — 1 trln so‘m (939 mlrd so‘m);
- Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi — 12,6 mlrd so‘m (11,5 mlrd so‘m);
- Davlat aktivlarini boshqarish agentligi — 12,1 mlrd so‘m (11,3 mlrd);
- Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi — 733,2 mlrd so‘m (1,4 trln so‘m);
- Prezident huzuridagi Statistika agentligi — 238,8 mlrd so‘m (257 mlrd so‘m );
- Tashqi ishlar vazirligi — 1,02 trln so‘m (874 mlrd so‘m);
- Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi — 1,11 trln so‘m (1 trln so‘m);
- Raqamli texnologiyalar vazirligi — 532,4 mlrd so‘m (314 mlrd so‘m);
- Adliya vazirligi — 322,5 mlrd so‘m (239 mlrd so‘m). Iqtisodiyot va moliya vazirligi — 95,91 trln so‘m (vazirlik xarajatlari kesimida juda ko‘plab ijtimoiy xarajatlar, tashqi qarzlarga xizmat ko‘rsatish va boshqa xarajatlar o‘rin olgan)(92,1 trln so‘m);
- Soliq qo‘mitasi — 169,4 mlrd so‘m (158 mlrd so‘m);
- Vazirlar Mahkamasi — 2,18 trln so‘m (2 trln so‘m);
- Prezident administratsiyasi — 1,67 trln so‘m (1,6 trln so‘m);
- Oliy Majlis Senati — 127,2 mlrd so‘m (108 mlrd so‘m);
- Oliy Majlis Qonunchilik palatasi — 178,8 mlrd so‘m (176 mlrd so‘m);
- Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) — 18,6 mlrd so‘m (18 mlrd so‘m);
- Bosh prokuratura — 2,73 trln so‘m (2,1 trln so‘m);
- Oliy sud — 1,80 trln so‘m (1,7 trln so‘m);
- Konstitutsiyaviy sud — 12,9 mlrd so‘m (12 mlrd so‘m);
- Sudyalar Oliy kengashi — 53,7 mlrd so‘m (46,7 mlrd);
- Markaziy saylov komissiyasi — 29,4 mlrd so‘m (18,3 mlrd so‘m);
- MTRK — 881,3 mlrd so‘m (560 mlrd so‘m);
- O‘zA — 40,7 mlrd so‘m (36,7 mlrd so‘m);
- Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi — 75,4 mlrd so‘m (67,7 mlrd so‘m);
- Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazi — 16,1 mlrd so‘m (14,7 mlrd so‘m);
- Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi — 350 mlrd so‘m (150 mlrd);
- Fanlar akademiyasi — 446,8 mlrd so‘m (430 mlrd);
- Badiiy akademiya — 160,4 mlrd so‘m (140,3 mlrd so‘m);
- Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi — 33,1 mlrd so‘m (30,7 mlrd so‘m);
- Hisob palatasi — 116 mlrd so‘m (106 mlrd so‘m);
- Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi — 685,5 mlrd so‘m (635,6 mlrd so‘m);
- Strategik islohotlar agentligi — 20,3 mlrd so‘m (38,7 mlrd so‘m);
- Bolalar ombudsmani — 3,2 mlrd so‘m (2,27 mlrd so‘m;
- "Sog‘lom avlod uchun" hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya jamg‘armasi — 837 mln so‘m (733 mln so‘m);
- Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi — 10,9 mlrd mlrd so‘m (9,1 mlrd so‘m);
- Milliy antidoping agentligi — 8,7 mlrd so‘m (8,1 mlrd so‘m);
- Din ishlari bo‘yicha qo‘mita — 163,7 mlrd so‘m (42,1 mlrd so‘m);
- Madaniy meros agentligi — 177,3 mlrd so‘m (213,5 mlrd so‘m);
- Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi — 21,1 trln so‘m (20,2 trln so‘m);
- Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi — 1,27 trln so‘m(1,27 trln so‘m);
- Yoshlar ishlari agentligi — 456 mlrd so‘m;
- Texnik jihatdan tartibga solish agentligi — 105,6 mlrd so‘m;
- Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi — 95,6 mlrd so‘m;
- Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi — 28,5 mlrd so‘m;
- Atom energiyasi agentligi — 43,6 mlrd so‘m;
- Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi — 3,1 mlrd so‘m;
- Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi — 28,1 mlrd so‘m;
- Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi — 9,2 mlrd so‘m;
- Boshqa tashkilotlar — 49,9 trln so‘m (44,5 trln so‘m).