Toshkent viloyatida fuqaro o‘zi tashlagan chiqindini o‘zi tozaladi

O‘zbekiston 11:20 / 29.10.2024 3720

Ekologiya vazirligi xabariga ko‘ra, holat hududda o‘rnatilgan onlayn kuzatuv kamerasiga muhrlangan.

Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Yuqori Chirchiq tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan 21 yoshli fuqaro avtotransport vositasida belgilanmagan joyga chiqindi tashlagani aniqlangan.

Huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 91-prim 1-moddasi (Belgilanmagan joylarga qattiq maishiy chiqindilarni va qurilish chiqindilarini tashlash, shuningdek suyuq maishiy chiqindilarni to‘kish) 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari — 1 million 125 ming so‘m jarima qo‘llandi.

Qonunbuzar transport vositasida o‘zi tashlagan chiqindilarni Yuqori Chirchiq tuman bo‘limi hududidagi poligonga olib borib tashlagan.

Ko‘proq yangiliklar: