Samarqand tumanida joylashgan savdo do‘konida yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 29 oktyabr kuni soat 9:04 da Samarqand tumani Xo‘ja Ahror Valiy mahallasi G‘alaba ko‘chasida joylashgan savdo do‘konlaridan birida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida viloyat FVBga xabar berilgan.
Shunga ko‘ra, 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 09:11 da yetib borib, soat 09:40 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.
Hodisada hech kim jabrlanmagan va halok bo‘lmagan. Faqat savdo do‘konining shift, tom qismi va kiyim-kechak maxsulotlari yonib zararlangan.
Qayd etilishicha, hozirda tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilib, yong‘inning kelib chiqish sabablari aniqlanmoqda.