O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Xorazm viloyati hokimligi va Polshaning Pronar Sp. z o.o. kompaniyasi vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi.
Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston diplomatlari tomonidan 2024 yil may oyida Pronar Sp. z o.o. kompaniyasi zavodiga amalga oshirilgan tashrif davomida erishilgan kelishuvlar ijrosi atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasi va uskunalarini ishlab chiqarish hamda yetkazib berish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Xorazm viloyatida qishloq xo‘jaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun Polsha texnologiyalari va investitsiyalarini jalb qilish imkoniyatlariga e’tibor qaratildi.
Mulqot yakunida o‘zaro manfaatli aloqalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha qator takliflarni ishlab chiqishga kelishib olindi.