Qirg‘iziston va O‘zbekiston «Elkart» yagona to‘lov ekotizimini yaratadi

O‘zbekiston 19:14 / 28.10.2024 1749

Uzcard Forum - 2024 doirasida O‘zbekistonning «Yagona umumrespublika protsessing markazi» AJ (Uzcard) ijrochi direktori Olimjon Zokirov va Qirg‘izistonning «Mejbankovskiy Protsessingovyy Tsentr» AJ (Elcard) boshqaruvi raisi Qanikey Jamangulova hamkorlik memorandumini imzoladi.

Shunday qilib, milliy to‘lov tizimlari rahbarlari ikki davlat hududida to‘lovlarni o‘zaro qabul qilish imkonini beruvchi keng ko‘lamli qo‘shma loyihani ishga tushirishga tayyorligini tasdiqladilar: O‘zbekistonda Elcard kartalari va Qirg‘izistonda Uzcard kartalari orqali.

Memorandum ikki davlat kartalari egalari uchun transchegaraviy tranzaksiyalarni soddalashtirish, transchegaraviy to‘lovlarda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, yangi raqamli yechimlarni ilgari surish, shuningdek, ikki davlat fuqarolarining moliyaviy savodxonligini oshirish orqali tizimlararo integratsiyani yaratishga qaratilgan.

Qayd qilinishicha, milliy to‘lov tizimlarining integratsiyalashuvi nafaqat ikki davlatning moliyaviy infratuzilmasi uchun yangi imkoniyatlar ochadi, balki Qirg‘iziston va O‘zbekistonning boshqa ko‘plab tarmoqlarida o‘zaro savdo, turizm va iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga yangi sur’at bag‘ishlaydi.

Ko‘proq yangiliklar: