Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda maktablarda kuzgi ta’til 4 noyabrdan boshlanadi

Foto: Kun.uz
O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari uchun chorakning so‘nggi kuni 2 noyabrga to‘g‘ri kelib, 4 noyabr kuzgi ta’tilning ilk kuni hisoblanadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi xabar berdi.
«Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi tizimidagi umumta’lim, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilari uchun joriy o‘quv yilining kuzgi ta’tili 4 noyabrdan boshlanib, 10 noyabrgacha davom etadi», deyiladi xabarda.
II chorak dars mashg‘ulotlari 2024 yil 11 noyabrdan boshlanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2017 yildagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, o‘quvchilar uchun ta’til kunlari quyidagicha belgilangan:
- kuzgi ta’til – 4 noyabrdan boshlab 6 kalendar kun;
- qishki ta’til – 28 dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;
- bahorgi ta’til – 21 martdan boshlab 7 kalendar kun;
- yozgi ta’til – oxirgi bosqichli nazorat sinovi o‘tkazilgan kundan (bosqichli nazorat o‘tkazilmaydigan sinflar uchun o‘quv yili tugagan kundan keyingi kundan) boshlab 1 sentabrgacha.
1-sinf o‘quvchilari uchun esa fevral oyi davomida qo‘shimcha bir haftalik ta’til belgilanadi.
Ma’lumot uchun: ta’tilning oxirgi kuni bayram (ishlanmaydigan) kunga to‘g‘ri kelib qolgan taqdirda, dars mashg‘ulotlari keyingi ish kunidan boshlab davom ettiriladi.
Bayram (ishlanmaydigan) kunlariga to‘g‘ri kelib qolgan dars mashg‘ulotlarining mavzulari o‘quv dasturlarini ixchamlashtirgan holda keyingi dars mashg‘ulotlarida o‘tkaziladi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlandi
O‘zbekiston | 23:51 / 10.07.2025
-
Toshkentda suv quvuri kuchli bosim ostida yorilib ketdi, o‘zbekistonliklar tomonidan Shengen vizasi uchun topshirilgan arizalar soni oshdi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:48 / 10.07.2025
-
Zelenskiy Ukrainaning AQShdagi elchisini almashtirmoqchi ekanini tasdiqladi
Jahon | 23:42 / 10.07.2025
-
Rossiyalik fermerlar hosilni yig‘ish uchun migrantlar yetishmayotganidan shikoyat qildi
Jahon | 23:17 / 10.07.2025
Mavzuga oid

10:25 / 12.12.2024
Maktablarda qishki ta’til 29 dekabrdan boshlanadi

14:47 / 04.12.2024
Germaniyada maktabga kechikkan o‘quvchilarga jarima solish boshlandi

13:56 / 04.12.2024
«Bir million dasturchi» loyihasida eng yaxshi natija ko‘rsatgan maktabga elektromobil beriladi

22:48 / 03.12.2024