«MYu» Erik ten Hagni iste’foga chiqardi
«Manchester Yunayted» klubi jamoa ustozi Erik ten Hagni iste’foga chiqarganini rasman e’lon qildi.

Foto: Getty images
Klub rasmiy sayti xabariga ko‘ra, jamoani vaqtinchalik Ruud van Nistelroy boshqaradi. U bungacha Erik ten Hagning yordamchisi sifatida faoliyat yuritayotgan edi. Niderlandiyalik mutaxassis qoniqarsiz natijalar uchun lavozimidan ozod etilgan.
«MYu» yakshanba kuni «Vest Hem»ga mag‘lubiyatga (1:2) uchrab, APL turnir jadvalida 14-o‘rinda bormoqda.
Ma’lumot uchun, Ten Hag 2022 yilning aprel oyida «MYu» bosh murabbiyiga aylangandi. Uning qo‘l ostida jamoa 2022/23 yilgi mavsumda Angliya liga kubogini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2023/24 yilgi mavsumda Angliya kubogi sohibiga aylangandi.
Mavzuga oid

13:10 / 03.03.2025
«Barselona»dan yana gollar yomg‘iri, «MYu»da yana mag‘lubiyat. Kun o‘yinlari

12:35 / 17.02.2025
Shomurodov asosiy tarkibga qaytmoqda, «MYu» autsayderga aylanmoqda. Kun o‘yinlari

12:01 / 17.01.2025
«MYu»da kambek, «Real» o‘ziga muammo tug‘dirdi. Kun o‘yinlari

11:45 / 27.12.2024