“Hududgazta’minot” raisiga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi
Mahmudjon Yoqubov “Hududgazta’minot” boshqaruvi raisining gaz sotish va innovatsiyalarni joriy etish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Foto: Hududgazta’minot
Tayinlovga qadar u “O‘zenergoinspeksiya” Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.
Yoqubovga qadar “Hududgazta’minot” boshqaruvi raisi birinchi o‘rinbosari lavozimida 2019 yildan buyon Abdusamat Saidvaliyev ishlagan.
“Hududgazta’minot” jamoasi ko‘p yillik xizmati, soha rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun Abdusamat Saidvaliyevga minnatdorchilik bildirib, uni nafaqaga kuzatdi.
2024 yilning iyulida “Hududgazta’minot” boshqaruv raisi etib Ma’rufxon Xo‘jayev tayinlangandi.
Mavzuga oid

09:20 / 29.01.2025
“Hududgazta’minot” raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

17:00 / 27.01.2025
O‘zbekistonda smart GTP: gaz taqsimlashda samaradorlik va xavfsizlikning yangi bosqichi

16:50 / 21.12.2024
«Hududgazta’minot» gaz hisoblagichlar batareyalari bilan bog‘liq muammolarga izoh berdi

16:36 / 20.12.2024