GFR kansleri - Hindistonga qurollar eksportini oshirish tarafdori

Jahon 09:41 / 28.10.2024 1788

Germaniya kansleri Olaf Shols huquq himoyachilarining ushbu mamlakatdagi inson huquqlari holati hamda Hindistonning yadroviy davlatlar Pokiston va Xitoy bilan ziddiyatlari haqidagi tanqidlariga qaramay, Germaniyadan Hindistonga qurol yetkazib berish hajmini oshirish niyatida, deb yozadi dpa agentligi 27 oktyabr, yakshanba kuni.

Bir kun avval Germaniya hukumati rahbari Hindistonga uch kunlik tashrifini yakunladi. Uning natijalariga ko‘ra, Shols «Hindiston bilan qurol-yarog‘ sohasida hamkorlik kelajakda yanada muhimroq rol o‘ynashini ta’kidladi». U mamlakatga nemis qurollarini yetkazib berishni kengaytirish niyatini «pragmatik siyosat» va yadroviy davlatning «suvereniteti va mustaqilligini» mustahkamlash istagi bilan izohladi.

26 oktyabr kuni Shols Germaniya harbiy-dengiz kuchlarining Frankfurt am Main ta’minot kemasida xizmat qiluvchi dengizchilar bilan uchrashdi, u hozirda Hindiston-Tinch okeani mintaqasida, Baden-Württemberg fregati bilan birga bo‘lib turibdi.

GFR kansleri Turkiyaga qurol yetkazishni davom ettirish tarafdori ekanini aytdi

Germaniya kansleri Olaf Shols va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Turkiyaga Yevropa qurollarini yetkazib berishni davom ettirish tarafdori. Bu haqda ular 19 oktyabr kuni Istanbulda bo‘lib o‘tgan qo‘shma matbuot anjumanida ma’lum qilishdi.

«Turkiya NATO a’zosi va shuning uchun biz aniq yetkazib berishga olib keladigan qarorlar qabul qilishda davom etamiz», deya dpa agentligi Sholsning so‘zlarini keltirgan. Erdo‘g‘an, shuningdek, Anqaraning Yevropa qurollarini xarid qilishdan manfaatdor ekanligini ma’lum qildi. «Biz nihoyat mudofaa mahsulotlarini xarid qilishda duch kelgan muammolarni ortda qoldirib, hamkorlikni kengaytirmoqchimiz», dedi Turkiya rahbari.

Xususan, gap Turkiya qabul qilishni kutayotgan Yevropada ishlab chiqarilgan Eurofighter qiruvchi samolyotlariga tegishli. Ta’kidlanganidek, Germaniya ham samolyotlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi, shuning uchun ularni yetkazib berish uchun uning rahbariyati roziligi talab qilinadi. Shols Buyuk Britaniyaning Anqara bilan bu borada muzokaralar olib borayotganini bildirdi. Ayni paytda Yevropa davlatlaridan tashqari, Eurofighter Qatar, Quvayt, Saudiya Arabistoni va Ummon armiyalarida foydalanilmoqda.

2019 yilda turk qo‘shinlari Suriya shimoliga hujum boshlaganida Germaniyadan Turkiyaga qurol yetkazib berish sezilarli darajada kamaydi. Mamlakatdagi inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyat tufayli u yerga qurol eksport qilish maqbulligi haqidagi bahslar ham davom etmoqda. Biroq, Der Spiegel jurnali xabar qilganidek, 2024 yil sentabr oyida Turkiyaga kamida 236 million yevrolik nemis qurollari, jumladan, zenitli raketalar va torpedalar eksporti ma’qullangan.

Ko‘proq yangiliklar: