Toshkentda qurilish tashkiloti elektr tarmog‘ini uzib yubordi
Holat Yakkasaroy tumanida sodir bo‘lgan va oqibatda 500 dan oshiq xonadon chiroqsiz qolgan.

Foto: Energetika vazirligi
Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida qurilish tashkiloti elektr tarmog‘iga shikast yetkazgan. Bu haqda Energetika vazirligi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 27 oktyabr kuni soat 10:20 da “M.M.P.”MChJga qarashli qurilish tashkiloti Yakkasaroy tumanidagi yerosti gaz quvurini elektr va gaz ta’minoti tashkilotlari hamda “O‘zenergoinspeksiya” bilan kelishmasdan ko‘chirish ishlarini olib borayotgan vaqtida elektr uzatish kabel tarmog‘iga shikast yetkazgan.
Oqibatda tumanning Boshliq mavzesi va Bobur mahallasida 530 ta iste’molchilar elektr ta’minotidan uzilgan.
Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda elektr uzatish tarmog‘ida yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etilmoqda.
Mavzuga oid

12:30 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti

08:46 / 10.03.2025
Toshkentda madaniy meros obekti yonida noqonuniy qurilish to‘xtatildi

13:28 / 07.03.2025
Bosh prokuratura ekologiya va qurilish sohasi mas’ullari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi

20:21 / 04.03.2025