Indoneziyada vulqon otilishni boshladi

Jahon 22:10 / 27.10.2024 2963

Indoneziyadagi eng faol vulqonlardan biri Marapi harakatga keldi. U kamida uch marta kul ustunlarini otdi, deb xabar beradi Associated Press.

G‘arbiy Sumatra provinsiyasida joylashgan Marapi vulqoni kutilmagan otilishlari bilan tanilgan — uning harakatini oldindan aytish mukul, chunki faollik vulqon tubidagi magma harakatiga bog‘liq emas.

Indoneziya Vulqonshunoslik xavfi markazi xodimi Ahmad Rivandning aytishicha, vulqon 2 ming metr balandlikka qaynoq kul otgan va u bir necha kilometrga yoyilgan. Hodisa oqibatida hech kim halok bo‘lmagan.

Taxminan 2,9 ming metr balandlikda joylashgan vulqon yanvar oyidan beri ikkinchi ogohlantirish darajasida bo‘lib kelayotgandi Lavaning otilishi xavfi sabab alpinistlar va mahalliy aholiga kraterga 3 kilometrdan yaqinroq borish taqiqlangan.

Mazkur vulqon otilishi Marapi tog‘larida kuzatilgan musson yomg‘irlaridan besh oy o‘tib sodir bo‘lmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning dekabrida Marapi vulqoni uyg‘onishi oqibatida 11 kishi vafot etgan, ofat hududida bo‘lgan 12 kishi esa bedarak yo‘qolgan edi. Marapi — Sumatra orolidagi eng faol vulqonlardan biri. Uning 1979 yil aprelidagi «uyg‘onishi» sabab 60 kishi hayotdan ko‘z yumgan.

Ko‘proq yangiliklar: