WES 2011 yilda tashkil etilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi ayollarning biznes boshlashlari va rivojlantirishlari uchun imkoniyatlar yaratish, shuningdek, biznesda gender tenglikni ta’minlashdan iborat. Tashkilot ayollarning biznesda muvaffaqiyatli bo‘lishlari uchun dasturlar va treninglarni taklif etadi. Shuningdek, mahalliy va xalqaro hamkorlar bilan birgalikda inklyuziv biznes ekotizimini yaratish maqsadida ishlaydi. U ayollar tomonidan biznes g‘oyalarini yaratish va amalga oshirish, rahbarlik ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda biznesni o‘stirish va kengaytirishga yordam berish uchun ta’lim xizmatlarini ham taqdim etadi.
Suhbat davomida O‘zbekistonda tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
WES tomonidan O‘zbekistonda ayollarning biznesda muvaffaqiyatli bo‘lishlari uchun dasturlar va treninglar tashkil etish bo‘yicha respublikaning tegishli tashkilotlari bilan hamkorlik o‘rnatishga qiziqish bildirildi.
Muloqot yakunida WES va "Tadbirkor ayol" O‘zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.