Saylovda qanday ovoz beriladi?

O‘zbekiston 14:12 / 26.10.2024 3295

Saylovchilarga berilgan byulletenlar 4 xil rangda bo‘ladi.

Bular:

  • Och ko‘k rangli byulleten – Qonunchilik palatasi deputatligi uchun nomzodlar. Bunda partiyaga emas, nomzodga ovoz beraladi;
  • Och yashil rangli byulleten – Qonunchilik palatasi deputatligi uchun bir mandatli nomzodlar. Bunda faqat partiyaga ovoz beriladi, konkret nomzodlarga emas;
  • Och sariq rangli byulleten – xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar kengashi deputatligi uchun nomzodlar;
  • Och kulrang rangli byulleten – tuman, shahar kengashi deputatligi uchun nomzodlar.

Saylovchi o‘ziga ma’qul partiya yoki nomzodning ro‘parasida, o‘ng tomonda joylashgan bo‘sh kvadratga ➕, yoki ✔️, yoxud ✖️ belgisini qo‘yadi.

Ovoz berish chog‘ida bir necha kvadratga belgi qo‘yilgan bo‘lsa yoki birorta kvadratga belgi qo‘yilmagan bo‘lsa, bunday byulletenlar haqiqiy emas deb topiladi va ovozlarni sanashda hisobga olinmaydi.

Ko‘proq yangiliklar: