Prezident tomonidan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun imzolandi.
Fermer va dexqon xo‘jaliklari hamda boshqa suv iste’molchilarining qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun suv olish limitlari tegishincha Qoraqalpog‘iston Suv xo‘jaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, shuningdek Qoraqalpog‘iston Qishloq xo‘jaligi vazirligi va hududiy qishloq xo‘jaligi boshqarmalari tomonidan ishlab chiqiladi hamda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan tasdiqlanadi.
Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi irrigatsiya bo‘limlari hamda maxsus xizmatlar negizida tashkil etilgan «Suv yetkazib berish xizmati» davlat muassasalarining vazifalari va vakolatlari belgilandi.
Tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq davlat ehtiyojlari uchun mahsulot yetkazib berilishini ta’minlash bo‘yicha fermer xo‘jaliklarining majburiyati va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarga suv yetkazib berish xizmatlari uchun to‘lovlar bekor qilinadi.