O‘zbekiston va Himachal-Pradesh shtati shaharlari o‘rtasida birodarlik aloqalari o‘rnatiladi

O‘zbekiston 12:11 / 26.10.2024 910

Elchi Sardor Rustamboyev bugungi kunda O‘zbekiston hayotining barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan yangilanish jarayoni va izchil islohotlar natijalari, xorijiy sarmoyadorlar bilan hamkorlikda turli soha va yo‘nalishlarda tadbiq etilayotgan loyihalar, chet ellik sheriklar faoliyati uchun yaratilgan qulay va jozibador muhit haqida so‘zlab berdi. O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida so‘nggi yillarda izchil rivoj topayotgan hamkorlik, jumladan, hududlararo aloqalarga alohida e’tibor qaratildi.

Himachal-Pradesh shtati bosh vaziri Sukhvinder Singh Sukhu tadbir ishtirokchilarini olqishlab, mazkur hudud ma’muriyati va ishbilarmon doiralari vakillari o‘zaro manfaatli rishtalarni yanada mustahkamlashga tayyorligini izhor qildi. Energetika, turizm, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalarni hayotga tatbiq etish istiqbollariga to‘xtalib o‘tdi.

Tadbirda tomonlar savdo-iqtisodiyot, investitsiyaviy hamkorlik, farmatsevtika, energetika va boshqa yo‘nalishlarda istiqbolli loyihalarni hayotga tadbiq etish yuzasidan o‘zaro fikr almashdi. Shuningdek, O‘zbekiston va Himachal-Pradesh shtati shaharlari o‘rtasida birodarlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish yuzasidan kelishib olindi.

Ko‘proq yangiliklar: