O‘zbekiston va Britaniya qo‘shma tahliliy marketing o‘rganishlarni tashkil etadi

O‘zbekiston 12:15 / 26.10.2024 850

Xizmat safari davomida, Ishchi guruh Buyuk Britaniya Biznes va savdo vazirligi, Eksportni moliyalashtirish agentligi, Eksport va xalqaro savdo bo‘yicha malakali instituti, Standartlar instituti, Eksportchilari uyushmasi, Savdo palatasi va Savdo muhofazasi idorasi hamda Britaniya-Osiyo biznes kengashi rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazdi va ushbu tashkilotlarning davlat savdo-iqtisodiy siyosatidagi o‘rnini o‘rgandi.

Shuningdek, ikki davlat o‘rtasida umumiy savdo aylanmasini oshirish, respublikaga investitsiyalar, grant va texnik ko‘makni jalb qilish bo‘yicha qo‘shma sa’y-harakatlarni jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.

Tashrif yakunida ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo hajmini kengaytirish bo‘yicha hamkorlikni jadallashtirish, tashqi savdoni tartibga solish tartib-taomillarni takomillashtirish sohalarida o‘zaro tajriba almashish, qo‘shma tahliliy marketing o‘rganishlarni tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Ko‘proq yangiliklar: