Hujjat O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisining birinchi o‘rinbosari Elmurod Najimov va Abu-Dabi madaniyat va turizm departamenti raisi o‘rinbosari Saud Abdulaziz Al Xosani tomonidan imzolandi.
Memorandum O‘zbekiston va Abu-Dabi muzeylarida ko‘rgazmalar tashkil etish, madaniy meros sohasida o‘zaro manfaatli tadqiqotlar o‘tkazish, madaniy merosni saqlash, muzeylar boshqaruvi, restavratsiya va boshqa sohalarda ko‘nikma hamda tajriba almashish, ta’lim sohasida loyihalarni amalga oshirish kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi.
Rasmiy qismdan so‘ng bo‘lib o‘tgan muloqotda memorandumda qayd etilgan hamkorlikdagi ishlarni o‘z vaqtida amalga oshirish maqsadida ikki tomondan mas’ullar tayinlandi va yaqin kunlarda tashkil etiladigan onlayn muloqot orqali chog‘ida tegishli chora-tadbirlarni belgilab olish to‘g‘risida kelishib olindi.