Muzokaralar yakunida ikki mamlakat o‘rtasida yo‘lovchi tashish bo‘yicha haftasiga 21 marta, yuk tashish bo‘yicha esa cheksiz aviaqatnovlarni amalga oshirishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishuv imzolangan.
Tanzaniya O‘zbekiston uchun mutlaqo yangi yo‘nalish hisoblanadi.
Mamlakat o‘zining mo‘’tadil ob-havo sharoiti, Maldiv orollari bilan bellasha oladigan zilol suvlariga ega Zanzibar oroli, yovvoyi tabiat qo‘ynidagi savannalari hamda sarguzashtlarga boy Klimanjaro tog‘lari bilan turistlar e’tiborini, shuningdek, qahva, choy, kakao, gullar va tropik mevalari bilan savdogarlar e’tiborini tortib keladi.