Lavrovning O‘zbekistonga tashrifi boshqa sanaga qoldirildi

Jahon 19:12 / 26.10.2024 5188

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 28-29 oktyabr kunlariga mo‘ljallangan O‘zbekistonga tashrifini keyinroqqa qoldirdi, deb xabar berdi Rossiya TIV.

Lavrov O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rahbari Baxtiyor Saidov bilan telefon orqali muloqot qildi.

«Ikki davlat rahbarlarining Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan qarorlarini amalga oshirish bo‘yicha jadal qo‘shma ishlarni davom ettirishdagi o‘zaro niyatlar tasdiqlandi. Ish jadvalidagi o‘zgarishlar munosabati bilan Lavrovning 28-29 oktyabr kunlariga mo‘ljallangan Toshkentga tashrifini keyinroqqa ko‘chirish bo‘yicha kelishuvga erishildi», deyiladi xabarda.

Lavrov tashrifining yangi sanasi e’lon qilinmadi.

Ko‘proq yangiliklar: