Italiyalik Luchano D’Amo uzoq yillik komadan keyin xotirasini yo‘qotdi — 63 yoshli erkak o‘zini 24 yoshli yigit deb hisoblashni boshlagan. D’Amo 2019 yilda sodir bo‘lgan avariyadan keyin komaga tushgan va mana besh yildan beri yangi realliklar — GPS, smartfonlar va 30 yoshli o‘g‘li borligiga ko‘nikishga urinmoqda.
D’Amo 40 yil davomida nimalar sodir bo‘lganini eslay olmaydi, italiyalikning oxirgi xotiralari 1980 yilning martlariga tegishli. Komadan keyin u ko‘zguga qarab o‘zini tanimagan, rafiqasini esa notanish keksa ayol sifatida qabul qilgan. 1980 yilda ayol 19 yoshda bo‘lgan va D’Amo unga uylanish umidida yurgan. Bundan tashqari, komadan uyg‘ongach u onasiga qo‘ng‘iroq qilib berishlarini so‘ragan — erkak o‘z onasi vafot etgan davrni ham eslay olmagan.
D’Amo o‘zini aeroportdagi yerusti operatsiyalari bo‘yicha ofitser sifatida eslab qolgan, ammo u hayotini noldan boshlashga majbur bo‘lgan va maktabga qo‘riqchi sifatida ishga kirgan.
Hozirda xotirasini yo‘qotgan erkak 68 yoshda va u o‘tmishdagi ayrim detallarnigina eslashga muvaffaq bo‘lmoqda. Besh yil o‘tgan bo‘lsa-da, D’Amo hamon ba’zi qiyinchiliklarga duch kelyapti. Masalan, u samolyotda uchganini eslay olmaydi, o‘z vatanida yaqin yillarda yuz bergan faktlarni bilmaydi.