Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron Isroil zarbalariga javob qaytarish huquqidan foydalanadi - TIV
Mamlakat Tashqi ishlar vazirligi Isroilning harakatlarini keskin qoralab, ularni xalqaro huquq va boshqa davlatlarning hududiy yaxlitligi va siyosiy mustaqilligiga qarshi kuch ishlatish tahdidi sifatida baholadi.

Foto: AP
Eron MT Nizomi va o‘zini mudofaa qilish qoidalariga tayanib, Isroil zarbalariga javob qaytarish huquqidan foydalanadi.
Eron Tashqi ishlar vazirligi bayonotida ta’kidlanishicha, mamlakat o‘zini xorij bosqinchilik harakatlaridan himoya qilishga majbur deb biladi.
Eron Tashqi ishlar vazirligi Isroilning harakatlarini keskin qoralab, ularni xalqaro huquq va boshqa davlatlarning hududiy yaxlitligi va siyosiy mustaqilligiga qarshi kuch ishlatish tahdidi sifatida baholadi va BMT Nizomining buzilishi deb atadi. Bayonotda, shuningdek, Isroilning harakatlari BMT Nizomining 51-moddasiga zid ekani, Eronning o‘zini himoya qilish huquqini kafolatlashi ta’kidlangan.
Bayonotda, shuningdek, AQSh va boshqa G‘arb davlatlari Isroilning harakatlarini qo‘llab-quvvatlayotganiga ishora qilinadi, Tehron buni Yaqin Sharqdagi beqarorlik sabab deb hisoblaydi. Eron vazirligi Isroil va uning g‘arbiy ittifoqchilarini «Falastin xalqining genotsidi» va Livanga qarshi tajovuz uchun javobgar deb hisoblaydi, bu esa mintaqadagi tinchlik va barqarorlikka putur yetkazadi.
Eslatib o‘tamiz, 26 oktyabrga o‘tar kechasi Isroil mudofaa kuchlari (IDF) o‘z davlatiga qarshi hujumlarga javob choralari doirasida Erondagi harbiy obektlarga zarba berdi. OAV xabarlariga ko‘ra, Isroil Eronga hujum qilish uchun 100 dan ortiq samolyotlardan, jumladan F-35 qiruvchilaridan foydalangan.
Keyinroq Isroil Eronga hujum haqida rasmiy bayonot berdi va isroilliklar o‘z missiyasini bajarilgan deb hisoblashini ma’lum qildi.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Olimpiya qo‘mitasi transgenderlarga ayollar musobaqalarida ishtirok etishini taqiqladi
Sport | 23:22
-
Surxon davlat qo‘riqxonasida yirik yong‘in boshlandi
Jamiyat | 23:11
-
BMT sudi iqlim o‘zgarishini jiddiy tahdid deb tan oldi
Jahon | 22:59
-
Migrantlarni Rossiyaga kirishdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va emlash taklif etildi
Jahon | 22:56
Mavzuga oid

22:44
Isroil parlamenti O‘rdun daryosi g‘arbiy sohilini anneksiya qilishni ma’qulladi

20:50
Gumanitar tashkilotlar G‘azoda ommaviy ocharchilik bo‘lishidan ogohlantirmoqda

16:52
Isroil JSST omboriga hujum qildi: G‘azoda ommaviy o‘limlar xavfi kuchaymoqda

22:18 / 22.07.2025