Talabalar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha davra suhbatlari o‘tkazilmoqda

Jamiyat 11:45 / 25.10.2024 2283

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi boshlig‘i polkovnik R.A.Xatamov hamda O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Q.A.Sharipov tomonidan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish maqsadida “Ogohlik va hushyorlik - davr talabi!” nomli qo‘shma rejaga asosan, joriy yilning 24-25 oktabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi magistraturasi tinglovchilari tomonidan Toshkent shahrida joylashgan Oliy ta’lim muassasalarida davra suhbatlari o‘tkazilib, tadbir ishtirokchilariga prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi qarashlari o‘tgan qisqa vaqt davomida bir qator qonun hujjatlarida ham o‘z aksini topganligi, yangilangan Konstitutsiyamizda yosh avlodning huquq va manfaatlari aniq normalar bilan mustahkamlab qo‘yilganligi, hech shubhasiz, bu boradagi huquqiy bazani yanada kengaytirish, amaliy ishlarimizni yangi bosqichga ko‘tarish imkonini bermoqda.

O‘tgan 7 yil vaqt mobaynida yosh avlodni har tomonlama kamol toptirish maqsadida 50 dan ortiq huquqiy hujjat, jumladan, 3ta qonun, prezidentimizning 30dan ortiq farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi tomonidan qirqdan ziyod qaror qabul qilindi. Jumladan, «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasi yoshlari kunini belgilash to‘g‘risida», «Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunlar misol tariqasida keltirildi.

O‘tgan qisqa davr ichida yoshlar bilan ishlash bo‘yicha mutlaqo yangicha – vertikal boshqaruv tizimi yaratildi.

Yurtimizdagi barcha mahallalarda yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etilib, bu vazifaga tashkilotchilik qobiliyatiga ega, tashabbuskor yigit-qizlar tanlab olindi.

Mahallada bu tizim orqali yoshlarga 100 dan ortiq imkoniyatlar yaratildi.

“Yoshlar daftari”, “Yoshlar balansi” tizimi yo‘lga qo‘yilib, so‘nggi ikki yilda 798 ming nafarga yaqin yoshlarga qariyb 1 trillion so‘mlik yordam ko‘rsatildi. Jumladan, 53 ming nafar ehtiyojmand oilaga mansub talabaga o‘qish uchun kontrakt pullari to‘lab berildi.

Respublikada Oliy ta’lim muassasalari soni salkam uch marta ko‘payib, 210 taga, qamrov darajasi esa 9 foizdan 38 foizga yetgani zamonaviy ilm va kasb sohalarini egallashda yoshlarimiz uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda.

Shuningdek, tadbir davomida talaba-yoshlarni ogohlik va hushyorlikka chaqirish maqsadida kibertahdidlar, giyohvandlik vositalari, ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilayotgan diniy ekstremistik mazmundagi kontentlarning salbiy oqibatlari aks etgan videoroliklar namoyish etildi.

 

Ko‘proq yangiliklar: