Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi vaziri tayinlandi
Daryabay Kaypov 24 oktyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimiga tayinlandi.

Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi xabariga ko‘ra, tayinlovga qadar u Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining qishloq va suv masalalari bo‘yicha o‘rinbosari edi.
Ushbu lavozimni Shuhrat Teshayev egalladi. Bungacha u O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Shuhrat Teshayev 1969 yil Buxoro viloyatida tug‘ilgan. 1993 yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan. U mehnat faoliyati davomida “Paxta” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktori, qishloq va suv xo‘jaligi vazirining agrotexnologiya masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari sifatida ishlagan.
Mavzuga oid

17:10 / 04.03.2025
“Tolibon”ning Qo‘shtepa kanali. Buning O‘zbekistonga ta’siri qanday bo‘ladi?

20:26 / 03.03.2025
Kambag‘allikni qisqartirishda Hindiston tajribasi: muqobil yo‘l topildi

15:34 / 28.02.2025
O‘zbekistonda fanga noma’lum 2 qo‘ng‘iz turi kashf qilindi

20:37 / 25.02.2025