Uchrashuvlar davomida fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalar muhokama qilinib, ularni ijobiy hal qilish bo‘yicha tegishli maslahatlar berildi, vatandoshlarning bu boradagi taklif va tashabbuslari qo‘shimcha o‘rganish uchun qabul qilindi.
Daniya va Norvegiyadagi o‘zbek madaniy markazlari bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali vatandoshlarga, ayniqsa yosh avlodga, o‘zbek tilini o‘qitish, boy milliy madaniy merosni va qadriyatlarni targ‘ib qilish va singdirish, bu yo‘nalishda madaniy kechalar, ko‘rgazma va yarmarkalar tashkil etish va boshqa shu kabi ma’rifiy tadbirlarni muntazam o‘tkazish bo‘yicha kelishib olindi.
Diplomatlar, shuningdek, Skandinaviya mamlakatlarida tadbirkorlik va biznes faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan vatandoshlar ko‘magida O‘zbekistondan Daniya va Norvegiyaga milliy mahsulotlar eksportini yo‘lga qo‘yish va kengaytirish imkoniyatlari ham muhokama qildilar.