Ukraina TIV rahbari Angola, Misr, Ummon va JARga tashrif buyuradi

Jahon 10:30 / 24.10.2024 1058

Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga Tinchlik formulasini ilgari surish maqsadida arab dunyosi va Afrikaning to‘rtta davlatiga tashrif buyuradi.

«Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga Turkiyaga tashrifini yakunlagach, prezident Volodimir Zelenskiy nomidan Tinchlik formulasini ilgari surish, siyosiy muloqotni rivojlantirish, Ukrainaga gumanitar va energetik yordamni birlashtirish, savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida arab dunyosi va Afrikaning to‘rtta davlatiga tashrif buyuradi», — deb xabar qildi Ukraina Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati 23 oktyabr, chorshanba kuni.

Xususan, 23-28 oktyabr kunlari TIV rahbari Ummon Sultonligi, Angola Respublikasi, Misr Arab Respublikasi va Janubiy Afrika Respublikasiga tashrif buyuradi, deyiladi matnda.

23 oktyabr, chorshanba kuni vazir Ummon Sultonligi siyosiy rahbariyati va Ukraina hamjamiyati bilan muzokaralar o‘tkazadi, deya xabar beradi idora.

«24 va 25 oktyabr kunlari Tashqi ishlar vazirligi rahbari Angolada tashrif bilan bo‘ladi. Uning Luandada bir qator Angola rasmiylari bilan muzokaralari va Angolada yashovchi ukrainlar bilan uchrashuvi rejalashtirilgan», — deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Ko‘proq yangiliklar: