Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sanoat korxonalari chang-gaz tozalash uskunalari o‘rnatishni paysalga solmoqda - Bosh prokuratura
Poytaxt atmosfera havosi ifloslanishiga iqlim o‘zgarishi, sanoat va avtotransport vositalaridan tashlamalar chiqarish hajmlari oshib borishi, e’lon qilingan moratoriy davrida ham qimmatbaho daraxtlar noqonuniy kesilishi, shaharsozlik bosh rejalari tasdiqlanmasdan qurilish ishlari jadal amalga oshirilishi bevosita ta’sir ko‘rsatayotgani keltirilgan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Bosh prokuratura Toshkent viloyati va poytaxt havosini ifloslantirayotgan sanoat korxonalarini tekshirmoqda. Mas’ul tashkilotlar o‘tkazgan tahlillarga ko‘ra, I va II toifaga kiruvchi, atrof-muhitga ta’siri yuqori bo‘lgan sanoat korxonalarida 2024 yilda belgilangan zamonaviy chang-gaz tozalash uskunalarini o‘rnatish paysalga solinmoqda. Xususan, Toshkent viloyatda 27 ta korxonadan 19 tasida, Toshkent shahrida esa 31 ta korxonadan faqat 8 tasida bu ishlar amalga oshirilgan.
«Toshkent shahrida atmosfera havosi ifloslanishi darajasi ortib borayotgani va «salbiy» reytinglarda yetakchi o‘rinlarga chiqayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan xabarlar barchada asosli tashvish va qayg‘u uyg‘otmoqda.
Poytaxt atmosfera havosi ifloslanishiga quruq iqlim, qumli va qumloq tuproqlar kabi tabiiy omillar bilan bir qatorda iqlim o‘zgarishi, sanoat va avtotransport vositalaridan tashlamalar chiqarish hajmlari oshib borishi, e’lon qilingan moratoriy davrida ham qimmatbaho daraxtlar noqonuniy kesilishi, shaharsozlik bosh rejalari tasdiqlanmasdan qurilish ishlari jadal amalga oshirilishi bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda», deyiladi Bosh prokuratura matbuot xizmati xabarida.
Prokuratura organlari ushbu holatlarni inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasining «Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonuni, prezidentning tegishli farmonlari va topshiriqlari hamda sohaga oid boshqa qonun hujjatlari ijrosini atmosferaga chiqarilayotgan zararli tashlamalar miqdorini kamaytirish va atmosfera havosi holatini yaxshilashga asosiy e’tiborni qaratgan holda joriy yil sentabr oyidan boshlab respublika bo‘yicha rejaviy tekshirish tadbirlari o‘tkazilishini yo‘lga qo‘ydi.
Tahlillarda I va II toifaga kiruvchi, atrof-muhitga ta’siri yuqori bo‘lgan sanoat korxonalarida 2024 yilda belgilangan zamonaviy chang-gaz tozalash uskunalarini o‘rnatish ishlari paysalga solinayotgani, shu jumladan Toshkent viloyatda 27 ta korxonadan 19 tasida, Toshkent shahrida esa 31 ta korxonadan 8 tasidagina bu ishlar amalga oshirilgani ma’lum bo‘ldi.
Mavjud vaziyatdan kelib chiqib, Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi tekshirishlar Ekologiya, Sog‘liqni saqlash, Transport, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Gidrometeorologiya xizmati agentligi, Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi va boshqa mutasaddi tashkilotlar mutaxassislari jalb qilingan holda bevosita Bosh prokuratura tomonidan joriy yilning 22 oktyabr kunidan amalga oshirila boshlangan.
Bosh prokuratura tomonidan aniqlangan qonunbuzilishi holatlari alohida nazoratga olinishi hamda ular bo‘yicha keskin va murosasiz choralar ko‘rib borilishi qat’iy ta’minlanishi ta’kidlangan.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin
Jahon | 23:54 / 14.07.2025
-
Avstarliyada syorfer yigit bir kecha okeanda qolib ketdi
Jahon | 23:51 / 14.07.2025
-
Toshkent shahri prokurori lavozimidan ozod etildi
O‘zbekiston | 23:38 / 14.07.2025
-
Prezident administratsiyasi rahbariga 5 nafar o‘rinbosar lavozimi joriy etildi, Termizda Rossiya harbiylari bilan o‘quv mashg‘uloti boshlanmoqda - mahalliy dayjest
Jahon | 23:28 / 14.07.2025
Mavzuga oid

17:23 / 07.12.2024
Bosh prokuratura muzeyida qatag‘on qurbonlariga xotirasiga yangi ekspozitsiyalar ochildi – fotoreportaj

18:18 / 12.11.2024
Jahonda 10 yil davomidagi tabiiy ofatlardan ko‘rilgan zarar 2 trillion dollardan oshdi

18:40 / 09.11.2024
MIBning Andijon va Farg‘ona viloyatlari boshqarmasi rahbarlari o‘zgardi

16:17 / 07.11.2024